FARAZIY TAJRIBA / DENGIZ SAT­HI

Agar muzlar erisa…

Barcha quruqlik muzlari erisa, O‘zbekiston dengizga chiqadimi? Muz hajmi, relyefga asoslangan hisob va bu tajribaning muhim cheklovlari.

8Manbalar
4Bo‘limlar
3Asosiy xulosa
InstagramTikTokYouTube Shorts
Agar muzlar erisa… videosi muqovasiNMA­GA BUNAQA / MANBALAR
Ushbu sahifada
BIR QARASHDA

Eng muhim uch nuqta

01

Bu real prognoz emas, barcha quruqlik muzlari erigan faraziy tajriba.

02

Okean bilan bog‘lanmagan botiqni shunchaki “dengiz ostida” deb bo‘lmaydi.

03

Videodagi chegaralar NOAA relyef ma’lumotidan chiqargan soddalashtirilgan hisobimiz.

01

Qancha suv haqida gapiryapmiz?

Antarktida va Grenlandiya muz qatlamlari to‘liq erisa, dengiz sathi o‘nlab metrga ko‘tarilishi mumkin. Bunga tog‘ muzliklari ham qo‘shiladi.

NIMANI ANGLAT­MAYDI?

65–66 metr tartibidagi summa barcha quruqlik muzlari erigan haddan tashqari faraziy holat uchun. Bu yaqin kelajak bashorati emas; suzib yurgan dengiz muzini quruqlik muziga qo‘shib sanamaymiz.

02

Suv yo‘lini qanday hisobladik?

NOAA ETOPO 2022 balandlik xaritasi bo‘yicha okeandan pastroq joylarga ulangan yo‘lni qidirdik. Okeanga ulanmagan pastlik avtomatik suv ostida qolmaydi.

NIMANI ANGLAT­MAYDI?

Bu “vanna” modeli: dengiz sathi bir xil ko‘tariladi deb oladi. Eroziya, dambalar, yer qobig‘i, gravitatsiya va suvning real vaqt bo‘yicha harakati modellashtirilmagan. Chegaraviy natijalar bir necha metrga o‘zgarishi mumkin.

03

O‘zbekistongacha yetadimi?

Modelimiz Kaspiy tomondan past yo‘l orqali suv O‘zbekiston hududidagi Sariqamish botig‘iga yetishi mumkinligini ko‘rsatadi. Bu butun mamlakat dengizga chiqadi degani emas.

NIMANI ANGLAT­MAYDI?

≈55,6 metr va Orol havzasiga ≈65,9 metr — shu modeldagi taxminlar, rasmiy prognoz emas. Orol chegarasidagi farq shunchalik nozikki, u qat’iy “ha” yoki “yo‘q” xulosasiga asos bo‘lmaydi.

04

Videodagi suv — animatsiya

Suvning ko‘tarilishi xarita asosida harakatlantirilgan; odamlar, binolar va muqova voqeani his qilish uchun tasvirlangan.

NIMANI ANGLAT­MAYDI?

Animatsiya fizik vaqt simulyatsiyasi ham, kelajak tasviri ham emas. Muqova faraziy illyustratsiya.

TASVIR VA HUQUQLAR

Materiallar haqida

NOAA NCEI ETOPO 2022 relyef ma’lumotlari; Natural Earth xarita shakllari.

Musiqa

OCHIQ TAHRIRIYAT

Xato topdingizmi?

Aniq xato yoki yaxshiroq manba topsangiz, da’vo va havolasini yuboring. Tekshirib, zarur bo‘lsa ushbu sahifani sanasi bilan tuzatamiz.

Instagram orqali yozing