BURJ XALIFA / DUBAY

Nega «Burj Dubay» emas?

Dubayning eng baland minorasi nega «Burj Xalifa» deb ataladi? Neftning oʻrni, ittifoq, toʻrtta tavakkal va 2009-yilgi koʻmak — manbalari va chegaralari bilan.

24Manbalar
6Bo‘limlar
3Asosiy xulosa
Nega «Burj Dubay» emas? videosi muqovasiNMA­GA BUNAQA / MANBALAR
Ushbu sahifada
BIR QARASHDA

Eng muhim uch nuqta

01

Minora Shayx Xalifa sharafiga nomlangan; nomlash yordamning sharti boʻlgani tasdiqlanmagan.

02

Neft Dubayga yordam bergan: bir paytlar iqtisodning yarmiga yaqin edi, keyinchalik bir foiz atrofiga tushdi.

03

“Toʻrtta tavakkal” — hikoya tuzilishi, Dubay yutugʻining toʻliq iqtisodiy modeli emas.

01

Minora qanday nomlandi?

Qurilish davrida minora «Burj Dubay» deb atalgan. 2010-yil 4-yanvarda u «Burj Xalifa» nomi bilan ochildi — BAA prezidenti va Abu-Dabi hukmdori Shayx Xalifa sharafiga.

NIMANI ANGLAT­MAYDI?

Nomlash 2009-yilgi yordamning sharti boʻlgani tasdiqlanmagan. Videodagi “qoʻl berish yana ish berdi” jumlasi ikki tarixiy voqeani bogʻlovchi talqin, rasmiy bayonot emas.

02

Ittifoq qanday tuzildi?

Britaniya 1968-yilda hududdan ketish rejasini eʼlon qildi. Oʻsha yili Shayx Zoyid va Shayx Rashid ittifoqqa kelishdi. 1971-yil 2-dekabrda olti amirlik Birlashgan Arab Amirliklarini tuzdi.

NIMANI ANGLAT­MAYDI?

Uchrashuv joyi xaritada taxminiy belgilangan. Chodir va ikki ism yozilgan “qoʻl berish” — ramziy tasvir; hukmdorlarning portreti yoki soʻzlari emas.

03

Neft qancha yordam berdi?

Neft Dubay rivojiga yordam bergan: bir paytlar u iqtisodning yarmiga yaqin edi. Keyinchalik uning ulushi bir foiz atrofiga tushdi. BAA neft zaxiralarining asosiy qismi esa Abu-Dabida.

NIMANI ANGLAT­MAYDI?

“Bir foiz atrofida” — 2016-yilgi baho, bugungi yangi oʻlchov emas. Videodagi neft oʻlchagichi bitta oʻlchovni — Dubay iqtisodidagi ulushni — ikki davrda koʻrsatadi; uni zaxira foizi bilan solishtirmaydi.

04

Toʻrtta tavakkal

1930-yillarda marvarid savdosi inqirozga uchragach, Dubay savdo yoʻllariga tikdi: qoʻltiqni chuqurlashtirish, ittifoq, port, erkin zona va aviakompaniya, keyin esa hayratlantiruvchi qurilishlar.

NIMANI ANGLAT­MAYDI?

“Toʻrtta tavakkal” — hikoya tuzilishi. Dubay yutugʻida mehnat, institutlar va investitsiyalar ham katta rol oʻynagan. Qoʻltiq faqat Quvayt qarzi bilan qazilgan degani ham emas.

05

2009-yil: qarz va koʻmak

2009-yil noyabrda davlatga qarashli Dubai World qarzini toʻlashga muhlat soʻradi. 14-dekabrda Abu-Dabi 10 milliard dollarlik koʻmak eʼlon qildi; uch haftadan soʻng minora ochildi.

NIMANI ANGLAT­MAYDI?

Muhlatni Dubay shahri yoki Emaar emas, Dubai World soʻragan. 10 milliard — eʼlon qilingan koʻmak; u barcha qarzni yopgani yoki minorani qurib bergani haqida daʼvo yoʻq. Videodagi qarz chizigʻi ramziy.

06

Xarita va tasvirlar

Xaritalar haqiqiy sunʼiy yoʻldosh va relyef maʼlumotlariga asoslangan. Tarixiy voqealar esa bugungi xaritada sxema sifatida koʻrsatilgan.

NIMANI ANGLAT­MAYDI?

1959–1971 voqealari 2025-yilgi xaritada — sxema, arxiv surati emas. Tungi tasvir 2016-yilga tegishli. Kemalar, samolyotlar, yuzlar, tangalar, minora chizmasi va “oʻsish” animatsiyalari izoh uchun. Muqova — badiiy AI kompozitsiya.

TASVIR VA HUQUQLAR

Materiallar haqida

Contains modified Copernicus Sentinel data (2025).

produced using Copernicus WorldDEM™-30 © DLR e.V. 2010-2014 and © Airbus Defence and Space GmbH 2014-2018 provided under COPERNICUS by the European Union and ESA; all rights reserved.

NASA Blue Marble va Black Marble tasvirlari — NASA Earth Observatory.

© OpenStreetMap contributors — ODbL (geoBoundaries orqali).

Shriftlar: Barlow Condensed va IBM Plex Mono — SIL OFL. Animatsiya va ovoz effektlari: Nmaga Bunaqa.

Musiqa

OCHIQ TAHRIRIYAT

Xato topdingizmi?

Bu sahifa BAA yoki Dubay hukumatining rasmiy bayonoti emas. Aniq xato yoki yaxshiroq manba topsangiz, daʼvo va havolasini yuboring. Tekshirib, zarur boʻlsa shu sahifada tuzatishni sanasi bilan qayd etamiz.

Instagram orqali yozing